Narxi roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida.
Tibbiy buyumning nomi:
Shprits-manometr angioplastik ballon yoki boshqa intervension qurilmalarni shishirish (inflyatsiya) va boʻshatish (deflyatsiya) uchun -1 dan 30 ATM/bar gacha (-14,7 dan +441 PSI gacha) oraliqda ± 1 ATM/bar aniqlik bilan bosim hosil qilish va uni nazorat qilish, shuningdek, ballon ichidagi bosimni oʻlchash uchun moʻljallangan.
Tibbiy buyumning parametrlari va tavsifi:
Korpus materiali — shaffof polikarbonat; hajmi kamida 20 ml, ballonli kateter bilan havosiz ulanishni taʼminlaydigan havosiz rotator bilan jihozlangan.
Uzunligi 35.5 sm (13") boʻlgan, ikki qavat oʻrilgan egiluvchan yuqori bosimli naycha va 3 yoʻlli joʻmrakka ega.
Qurilma qulflash / boʻshatish mexanizmli porshen bilan jihozlangan.
Operator qoʻllari sirpanib ketmasligi uchun dastaning yuzasi qirrali (riflyali) qilib ishlangan.
Qurilma analogli boʻlib, kamida 30 atm bosim hosil qilish, yuqori bosimli angioplastikalarni oʻtkazish va bosimni oʻlchash uchun moʻljallangan. Korpus ichida joylashgan porshen kolbadan suyuqlik sizib chiqishining oldini olish uchun uch qavatli halqaga ega.
Tibbiy buyumning qoʻllanish sohasi:
Qon tomir jarrohligi.