Asosiy matnga oʻtish

Mutaxassislar

Kompaniya rahbariyati va mutaxassislari

Rahmatov Homid Teshayevich

Rahmatov Homid Teshayevich

Bosh direktor

Maʼlumoti

1975-y. - 1980-y. – Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti

Mutaxassisligi: yarimoʻtkazgichli va mikroelektron asboblar

Masʼuliyat sohasi

Kompaniyaning ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qilish, qarorlar qabul qilish, kompaniya mulkidan samarali foydalanish va uning saqlanishi, kompaniya ishining xoʻjalik va moliyaviy yakunlari, shu jumladan:

  • Jamiyatning barcha boʻlinmalari ishini tashkil etish;
  • Jamiyatning barcha majburiyatlari bajarilishini taʼminlash;
  • buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil etish;
  • Jamiyatning shtat jadvalini tasdiqlash;
  • Jamiyatni malakali kadrlar va zarur mol-mulk bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
  • ishlab chiqarish jarayonini barcha bosqichlarda tashkil etish;
  • qonunchilik talablari, Jamiyatning ichki meʼyoriy hujjatlari va lavozim majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
  • Jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va hisobotlarni umumiy yigʻilishga taqdim etish va h.k.

Choi, Hyungjoon

Muhandis-texnolog

Maʼlumoti

  • 1994-y. - 2002-y. – Sungkyunkwan University, Korea, bakalavr. Mutaxassisligi: ingliz tili oʻqituvchisi
  • 2012-y. - 2014-y. – Open Cyber University, Korea, bakalavr. Mutaxassisligi: IT boʻyicha muhandis
  • 2014-y. – hozirgi kungacha – Sungkyunkwan University, Korea, doktorant (professor). Mutaxassisligi: materialshunoslik

Masʼuliyat sohasi

  • Ilgʻor texnologik jarayonlarni, uskuna va texnologik jihoz turlarini, avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalarini, ishlab chiqarishning optimal rejimlarini hamda murakkabligi turlicha boʻlgan barcha turdagi ishlarni ishlab chiqadi va joriy etadi.
  • Ishlarni bajarish tartibini hamda detallarga ishlov berish va buyumlarni yigʻishning operatsiyalar boʻyicha marshrutini belgilaydi.
  • Texnologik meʼyorlar, yoʻriqnomalar, yigʻish sxemalari, marshrut xaritalari, mahsulotning texnik darajasi va sifati xaritalari hamda boshqa texnologik hujjatlarni ishlab chiqadi.
  • Boshqaruv dasturlarini ishlab chiqishda, ishlab chiqilgan dasturlarni sozlashda, ularni takomillashtirish jarayonida tuzatishda, dasturlar bilan ishlash boʻyicha yoʻriqnomalar tuzishda ishtirok etadi.
  • Patent tadqiqotlarini oʻtkazadi hamda loyihalanayotgan texnika va texnologiya obyektlarining texnik darajasi koʻrsatkichlarini aniqlaydi.
  • Yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha eksperimental ishlarni oʻtkazishda ishtirok etadi.
  • Texnologik intizomga rioya etilishini nazorat qiladi.
  • Mahsulotni texnik nazorat qilish va sinash usullarini ishlab chiqadi.
  • Patent va litsenziya pasportlarini, ixtirolar va sanoat namunalariga talabnomalarni tuzishda ishtirok etadi.

Mahsulotlar boʻyicha savolingiz bormi?

Soʻrov qoldiring — mutaxassisimiz ish vaqtida siz bilan bogʻlanadi.