Narxi: 168 000 - 234 000 soʻm, QQS bilan*
* Izoh: Narx buyumning konfiguratsiyasiga (Radial/Femoral, Spring/Polymer, Fr oʻlchami va boshqa tavsiflarga) bogʻliq.
Tibbiy buyumning nomi:
SINO-SHEATH radial introdyuseri, ijro variantlari: Polymer (polimer) va Spring (prujinali) turlari, oʻlchamlari 4Fr; 5Fr; 6Fr; 7Fr; 8Fr; 9Fr; uzunligi 6 sm; 7 sm; 8 sm; 10 sm; 12 sm; 13 sm; 14 sm; 15 sm; 21 sm; dilatator; mini-oʻtkazgich, diametri 0.021" (0.53 mm); 0.025" (0.64 mm); 0.035" (0.89 mm), uzunligi 45 sm; vena ichi mini-kateteri 18G x 2 1/2" (1.2 x 64 mm); 20G x 2"; Seldinger ignasi 21 Ga; 20 Ga; 18 Ga.
Tibbiy buyumning tarkibi va tavsifi:
SINO-SHEATH toʻplamlari (shu jumladan metall inyeksion ignali toʻplamlar) introdyuser, dilatator, mini-oʻtkazgich (shu jumladan prujinali), inyeksion igna (plastik kanyulali metall igna), klapanli advancer va skalpeldan iborat. Introdyuser bir yoʻlli klapan va yon tarmoqdagi uch yoʻlli kranni oʻz ichiga oladi.
Introdyuserlar gidrofil qoplamali yoki qoplamasiz ishlab chiqariladi. Introdyuser yuzasi hoʻl boʻlganda u juda sirpanchiq boʻlib qoladi va ishqalanish koeffitsiyenti sezilarli darajada kamayadi. Introdyuserni xuddi shu diametrdagi yoki diametri 2 Fr ga kichik kateter bilan birga, klapandan qon sizib chiqmagan holda qoʻllash mumkin. Introdyuserning yuqori egiluvchanligi uning bukilib sinishining oldini oladi.

Dilatator: dilatatorning introdyuserga aniq moslashtirilgani dilatator va qobiqni bir vaqtda harakatlantirish imkonini beradi.
Mini-oʻtkazgich: silliq polimer plyonka bilan qoplangan oʻta elastik oʻzak bukilib sinishining oldini oladi.
Mini-oʻtkazgichlar quyidagi turlarda mavjud: plastik, toʻgʻri yoki egilgan; metall, toʻgʻri yoki J-simon; metall, ikki tomonlama, toʻgʻri yoki J-simon; diametri 4Fr uchun 0.025" (0.64 mm), qolgan barcha oʻlchamlar uchun 0.035" (0.87 mm).
Inyeksion igna: ichki metall igna va plastik kanyula yoki vena ichi mini-kateteri, metall inyeksion igna.
Oʻtkazgichni kiritish moslamasi.
Qon tomirlariga kiritiladigan barcha komponentlar rentgenokontrastdir.
Tibbiy buyumning qoʻllanish sohasi va vazifasi, foydalanuvchi koʻrsatilgan holda:
Qoʻllanish sohasi: tomir jarrohligi, kardiojarrohlik.
Vazifasi: angiografik, ballonli yoki shunga oʻxshash kateterlar va elektrodlarni keyinchalik kiritish uchun tomirga (shu jumladan bilak arteriyasiga) teri orqali kirishni taʼminlashga moʻljallangan.
Qurilmadan faqat katta tajribaga, xususan, teri orqali transluminal koronar angioplastika (TTKA) va stent implantatsiyasi muolajalarini oʻtkazish tajribasiga ega shifokorlargina foydalanishi lozim.
«Tibtexnika» MChJ SINO-SHEATH radial introdyuserlarini quyidagi tavsiflar boʻyicha taklif etadi
SHEATH
| Model | Kateter spetsifikatsiyasi | |
| Oʻlcham (Fr) | Uzunlik (sm) | |
Femoral / Son arteriyasi Radial / Bilak arteriyasi | 4 | 6/7/8/10/12/13/14/25 |
| 5 | ||
| 6 | ||
| 7 | ||
| 8 | ||
| 9 | ||
Guidewire. Oʻtkazgich
| Turi | Uchlik va sim uzunligi (sm) | Diametr (uchlik) |
| H (Hair wire) | Egilgan uchlik – 45, 70 sm | 0.018" (C) |
| P (polimer qobiqli) | Egilgan uchlik – 45 sm Toʻgʻri uchlik – 45 sm | 0.018" (S,C) 0.025" (S,C) 0.035" (S,C) |
| S (prujinali) | Egilgan uchlik – 45 sm Toʻgʻri uchlik – 45 sm J-simon uchlik – 45, 70 sm | 0.021" (S,C) 0.025" (S) 0.035" (J) |
| Vena ichi (IV) kateteri | Seldinger ignasi | Shprits hajmi |
| 20 Ga | 20 Ga | 3 cc |
| 21 Ga | ||
| 18 Ga | 20Ga | |
| 18 Ga |