Narxi: 753 760 soʻmdan (QQS bilan)
Tibbiy buyumning nomi:
Uzunligi kamida 100 sm boʻlgan, koronar arteriyalarda intervension muolajalarni oʻtkazish uchun moʻljallangan SinoGuide yoʻnaltiruvchi (gayding) kateteri oʻrilgan tuzilishi va polimer materiali tufayli aʼlo darajadagi burash qobiliyatini hamda qoʻshimcha tayanchni oʻzida mujassam etgan.
Tibbiy buyumning tarkibi va tavsifi:
Kateter devori ikki qavatli, armaturalangan. Oʻrim materiali — zanglamaydigan poʻlat. Kateterning ichki qavati — teflon, tashqi tomoni — patentlangan polimer qoplama. Kateter uzunligi kamida 100 sm.
Ichki boʻshliqni kattalashtirish uchun oʻrimning "Gibrid texnologiyasi" qoʻllangan. Tashqi qavat materiali — pebaks. Kateter proksimal uchidan distal uchiga qarab qattiqligi oʻzgarib boradigan beshta zonaga ega.
Kateter uchi toraytirilgan. Uch dizayni: Extra Back-up Left, Judkins Right, Judkins Left, Amplatz Left, Amplatz Right, Williams, Multipurpose.
Oʻlchamlari: 5, 6, 6,5, 7 va 8 F.
Ichki boʻshliq: 5F kateterlar uchun 0.057" (1.4 mm), 6F kateterlar uchun 0.070" (1.8 mm), 7F kateterlar uchun 0.078" (2.0 mm) va 8F kateterlar uchun 0.088" (2.2 mm). Tashqi diametr: 5F kateterlar uchun 0.070" (1.8 mm), 6F kateterlar uchun 0.082" (2.1 mm), 7F kateterlar uchun 0.092" (2.3 mm) va 8F kateterlar uchun 0.105" (2.6 mm).
Yon teshikli (qon oqimini saqlash uchun) va yon teshiksiz kateterlar mavjud. Uch oʻlchami: 3.0, 3.5, 4.0, 4.5, 5.0, 6.0. Oʻq boʻyicha boshqaruvchanlik 1:1. Buralishga va oʻq boʻyicha sinishga chidamli. Naycha materiali atrombogen, yuqori oʻtkazuvchanlikka ega.
Kateterning distal uchida rentgenokontrast belgi mavjud.
Tibbiy buyumning qoʻllanish sohasi:
Angiojarrohlik.
«Tibtexnika» MChJ taklif etadigan SinoGuide kateterlarining oʻlchamlari va uch turlari jadvali
| Egrilik turi | Uch turi | Oʻlcham |
| Extra Back-up Left | XB3.0, XB3.5, XB4.0 | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
| Judkins Left | JL3.0, JL3.5, JL4.0, JL4.5, JL5.0 | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
| Judkins Right | JR3.0, JR3.5, JR4.0, JR4.5, JR5.0 | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
| Amplatz Left | AL1, AL2, AL3 | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
| Amplatz Right | AR, AR1, AR2 | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
| Williams | 3DRC | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
| Multipurpose | MPA, MPB | 5F, 6F, 6.5F, 7F, 8F |
Oʻrilgan konstruksiyali polimer material bukilishlarga aʼlo darajadagi chidamlilikni, qoʻshimcha tayanchni va burash momentiga aniq javobni taʼminlaydi.
Yumshoq va atravmatik uch.
- Yumshoqlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun uchdagi qavatlar soni kamaytirilgan.
Katta ichki boʻshliq.
- Ichki boʻshliqni kattalashtirish uchun yassi simdan oʻrilgan konstruksiya.
- Bir nechta va turli qurilmalar uchun ravon hamda mos yoʻlni taʼminlaydi
Koʻp segmentli dizayn.
- Qattiq segment burash momentiga 1:1 nisbatda javobni taʼminlaydi, bu esa kateterni kamroq urinish bilan tezroq joylashtirishga yordam beradi.
- Koaksial segmentlar qurilmalarni koronar arteriyaga osonroq kiritishni taʼminlaydi.