Sirolimus dori qoplamali SINOTECHTM+ narxi: 2 723 000 soʻmdan*
* Izoh: sirolimus qoplamali koronar stentlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasi 4-bandiga asosan qoʻshilgan qiymat soligʻidan (QQS) ozod qilingan.
Tibbiy buyumning nomi:
Sirolimus bilan qoplangan SINOTECH+ kobalt-xromli koronar stent tizimi, diametri (mm) - 2.25, 2.5, 2.75, 3.00, 3.50, 4.0 va uzunligi (mm) – 8, 12, 18, 24, 28, 34, 38, 42.

Tibbiy buyumning qoʻllanish sohasi va vazifasi, foydalanuvchi koʻrsatilgan holda:
Kardiojarrohlik. Sirolimus bilan qoplangan SINOTECH™ koronar stent tizimi miokard perfuziyasini yaxshilash maqsadida koronar stent oʻrnatish yoʻli bilan nativ koronar arteriyaning stenozlangan qismini doimiy kengaytirish uchun, teri orqali transluminal koronar angioplastikada (TTKA) qoʻllashga moʻljallangan.

Qurilmadan faqat katta tajribaga, xususan, teri orqali transluminal koronar angioplastika (TTKA) va stent implantatsiyasi muolajalarini oʻtkazish tajribasiga ega shifokorlargina foydalanishi lozim.
Stentlar nima uchun kerak?
Koronar stentlar dori qoplamasiga ega silindrsimon toʻrsimon karkasdan iborat. Ular arteriyaning toraygan joylariga kiritilib, ularni kengaytirish uchun moʻljallangan.
Gap shundaki, arteriyaning ayrim qismlarida xolesterin pilakchalari toʻplanib, arteriya boʻshligʻini qon oqimi toʻliq toʻsilib qolgunga qadar toraytirishi mumkin. Qon oqimining sustligi yoki umuman yoʻqligi esa kislorod tanqisligiga hamda ichki aʼzolarga ozuqa moddalari kelishining kamayishiga olib keladi.

Stent yigʻilgan holatda kateter yordamida arteriya boʻylab pilakcha joylashgan toraygan joygacha yetkaziladi va ballon yordamida kengaytiriladi; shu tariqa toraygan joy kengayadi va qon oqimi meʼyorlashadi. Stentdagi dori qoplamasi arteriyani stent oʻrnatilgan joyda davolaydi va uning atrofida toʻqima oʻsib ketishiga toʻsqinlik qiladi. Bu jarayon restenoz deb ataladi. Dori qoplamali stent restenoz paydo boʻlishining oldini oladi.
«Tibtexnika» MChJ quyidagi turdagi stentlarni taklif etadi
Sirolimus, Everolimus dori qoplamali stentlar. Material: kobalt-xrom (Co-Cr)
Devor qalinligi: 70 μm
Sirolimus miqdori: 1,4 µg/mm2
Dizayn: toʻlqinsimon ochiq katak (waved open cell)
| Stent diametri (mm) | Stent uzunligi (mm) | |||||||
| 8 | 12 | 18 | 24 | 28 | 34 | 38 | 42 | |
| 2.25 | DES-225-08 | DES-225-12 | DES-225-18 | DES-225-24 | DES-225-28 | DES-225-34 | DES-225-38 | DES-225-42 |
| 2.50 | DES-250-08 | DES-250-12 | DES-250-18 | DES-250-24 | DES-250-28 | DES-250-34 | DES-250-38 | DES-250-42 |
| 2.75 | DES-275-08 | DES-275-12 | DES-275-18 | DES-275-24 | DES-275-28 | DES-275-34 | DES-275-38 | DES-275-42 |
| 3.00 | DES-300-08 | DES-300-12 | DES-300-18 | DES-300-24 | DES-300-28 | DES-300-34 | DES-300-38 | DES-300-42 |
| 3.50 | DES-350-08 | DES-350-12 | DES-350-18 | DES-350-24 | DES-350-28 | DES-350-34 | DES-350-38 | DES-350-42 |
| 4.00 | DES-400-08 | DES-400-12 | DES-400-18 | DES-400-24 | DES-400-28 | DES-400-34 | DES-400-38 | DES-400-42 |